» » Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi yiliga 112 mln g‘isht chiqaradigan zavodda bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi yiliga 112 mln g‘isht chiqaradigan zavodda bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Toshkent viloyati bo‘ylab safari davomida Ohangaron tumanidagi Building Innovation korxonasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan uskunalar o‘rnatilgan korxona yiliga 112 milliondan ziyod pardozbop g‘isht ishlab chiqarish, 3 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qo‘llanilgani, xomashyo tumanning o‘zidan olinishi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon bo‘ladi. 250 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.

“Korxona mahsulot hajmi va sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqichda keramik bloklar, panellar ishlab chiqarish rejalashtirilgan”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi. Korxona rahbariga qurilish materiallari turlarini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berdi. Shu yerda Toshkent viloyatida qurilish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, charmni qayta ishlashga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Rossiyaning “Yevrotsement grup” xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oshiriladigan loyiha shulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qilish, 200 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют