» » Klopp Pochettinoga, Saloh esa Keynga qarshi. “Real”ning 1099 kun davom etgan hukmronligiga chek qo‘yiladigan YChL finali haqida

Klopp Pochettinoga, Saloh esa Keynga qarshi. “Real”ning 1099 kun davom etgan hukmronligiga chek qo‘yiladigan YChL finali haqida


1-iyun oqshomida Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida Yevropa Chempionlar Ligasining yangi g‘olibi aniqlanadi. Shu bilan birga “Qirollik klubi”ning Yevropada 1099 kun davom etgan gegemonligiga ham ramziy ham rasmiy ma’noda yakun yasaladi.

Madriddagi final katta ehtimol bilan ikki ingliz jamoasining o‘zaro hisob-kitobi sifatida ham yodda qoladi. So‘nggi yillarda Yevrokuboklar borasida omadi chopmayotgan inglizlarning bir yo‘la to‘rt jamoasi 2018/19-yilgi mavsumga (“Manchester Yunayted”ning Yevropa Ligasidagi g‘alabasiga hurmat saqlagan holda) kelib, “qora an’ana”ga barham bera oldi. Bokuda o‘tgan Yevropa Ligasi finalida Londonning ikki jamoasi bellashib, omad “Chelsi” tarafida bo‘lgani hali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq. Bugun esa “Tottenhem” hamda “Liverpul” Yevropaning eng nufuzli sovrini — “shalpangquloq” kubokning yangi sohibi kim bo‘lishini aniqlab beradi.

Keling final bellashuvidan oldin biroz jamoalarning hal qiluvchi bahsga qadar bosib o‘tgan yo‘li va uchrashuvga oid qiziqarli faktlar haqida suhbatlashamiz.

Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem” guruh bosqichidan amallab o‘tib oldi. Jamoa guruhda “Barselona”, PSV va “Inter” jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Pley-off yo‘llanmasi “shporlar”ga so‘nggi turga kelibgina nasib etdi. “Tottenhem” 6-turda “Barselona”ni safarda yengishi kerak edi. Ammo klub durangdan nariga o‘ta olmadi. Biroq parallel kechgan bahsda “Inter” PSVni yuta olmay, London klubining guruhdan chiqishiga ko‘maklashib yubordi. Pochettino jamoasi pley-offga chiqdi. “Inter” esa Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi. “Tottenhem” guruh bosqichini qanday xavotirli o‘tkazgan bo‘lsa, pley-off bosqichi ham bundan kam bo‘lmadi. Jamoa chorak finalda Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”ni safarda urilgan gol evaziga mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi. ? final ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Londondagi o‘yinda “Ayaks” bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bellashuvida Lukas Mouraning so‘nggi daqiqada kiritgan goli “Tottenhem”ni Madridda bo‘lib o‘tadigan final ishtirokchisiga aylantirdi.

“Liverpul” bosib o‘tgan yo‘l ham “Tottenhem”nikidan qolishmaydi. Jamoa guruhda PSJ, “Napoli” va “Srvena Zvezda” bilan ta’bir joiz bo‘lsa, jang olib bordi. Klopp shogirdlari guruhda safardagi barcha o‘yinni boy berdi. Ammo so‘nggi turda o‘zi uchun kerakli bo‘lgan natijani qayd eta oldi. “Napoli” minimal hisobda mag‘lub etildi va pley-off yo‘llanmasi naqd qilindi. Chorak finalda mersisaydliklar “Portu”ni qiyinchiliksiz (6:1) mag‘lub etdi. Yarim final esa misoli hayot-mamot jangini eslatib yubordi. “Liverpul” safarda Leo Messi yetakchiligidagi “Barselona”ga 0:3 hisobida yutqazdi. “Enfild”dagi javob bellashuvida esa “qizillar” 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘ziga xos tarix yaratgan holda Madrid chiptalariga buyurtma berishdi.

Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha yetib kelgani yo‘q. Shunday ekan, final bellashuvi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘lishiga umid qilib qolamiz.

“Tottenhem”: Lyoris, Trippier, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Vanyama, Sissoko, Eriksen, Alli, Son, Keyn

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Virjil van Deyk, Robertson, Fabinyo, Henderson, Veynaldum, Saloh, Firmino, Mane.

Biz o‘yindan rohatlanishga to‘liqligicha tayyormiz. Bir-birimizni yaxshi bilamiz. O‘zimizga ishonamiz. Eng asosiysi — o‘z ishimizni yaxshi kayfiyat bilan qila olishimiz. “Liverpul” juda yaxshi jamoa. “Siti” va “qizillar” Angliyaning eng yaxshi ikki jamoasi. Ular APL bosh sovrini uchun oxirigacha kurashdi, ammo Chempionlar Ligasida ham qoyilmaqom o‘ynaganini ham qayd etish joiz. Bu fantastik murabbiy Yurgen Kloppning xizmatlari ekani, shubhasiz. Biz uchun eng muhim g‘alaba. Futbol tarixiga kirishni istaymiz. Nima qilish kerak ekanligini yaxshi bilamiz.

Maurisio Pochettino, “Tottenhem” bosh murabbiyi

Faoliyatimni omadsiz deb bo‘lmaydi. 2012-yildan boshlab, agar 2017-yilni hisobga olmasak, har mavsum finallarda ishtirok etdim. Balki, yarim finallarda g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchidirman. Agar bu haqida kitob yozadigan bo‘lsa, hech kim uni sotib olmasdi (kuladi). Odamlar bizning favorit ekanligimizni aytayotganidan xabarim bor. Ammo o‘yindan oldin hech qaysi jamoada ustunlik yo‘q ekanligini ta’kidlash lozim. Kuchlar teng.

Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

Uchrashuv boshlangunga qadar esa qirg‘iz yoshlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarida Chempionlar Ligasi madhiyasini ijrosini eshitib, tomosha qilib bahor berish imkoniyatingiz mavjud, aziz muxlis!

Yevropa Chempionlar Ligasi

Final bellashuvi

1-iyun, shanba

Stadion: Madriddagi “Vanda Metropolitano”

Uchrashuv bosh hakami: Damir Skomina (Sloveniya)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют