» » Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbiga tabriknoma yo‘lladi

Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbiga tabriknoma yo‘lladi


2017-yil 20-mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni O‘zbekiston TIV saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan eng samimiy tabriklarim va iliq tilaklarimni qabul qilgaysiz.

O‘tgan chorak asr davomida mamlakatlarimiz ikki tomonlama aloqalarning deyarli barcha muhim sohalarida, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning dinamik rivojlanishi hamda strategik hamkorlikning chuqurlashuvi Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikringizga qo‘shilaman.

Ijozatingiz bilan yana bir bor Sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib, Siz, hurmatli Sergey Viktorovich, va Siz orqali butun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,
Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri

Avvalroq diplomatik aloqalarning 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir-birini tabriklagani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют