» » “Chernobil” seriali mashhurlikda “Taxtlar o‘yini”dan o‘zib ketdi (video)

“Chernobil” seriali mashhurlikda “Taxtlar o‘yini”dan o‘zib ketdi (video)


“Chernobil” mini-seriali tarixdagi eng mashhur serialga aylandi. IMDb veb-saytida chop etilgan “Eng ko‘p tomoshabinga ega 250 ta teleshou” reytingida serial birinchi o‘rinni egalladi va “Taxtlar o‘yini”ni ancha pog‘ona pastda qoldirdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

1986-yilgi Chernobil AESining portlashi haqida hikoya qiluvchi kartina 10 balldan 9,6 oldi. Serialdagi bosh rollarni Emili Uotson, Stellan Skarsgard va Jared Xarris o‘ynagan.

7-may kuni HBO kanalida serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Hozirda beshta epizoddan to‘rttasi namoyish etildi.

Reytingdagi TOP-5’ga quyidagi filmlar kirdi:

“Taxtlar o‘yini” seriali reytingda 9,4 ball bilan oltinchi o‘rinni egallagan.

Internet Movie Database (IMDb) — kinematografiya sohasiga bag‘ishlangan eng yirik internet portallardan biri. Reyting tuzish uchun foydalanuvchilar kamida beshta epizoddan iborat bo‘lgan seriallarni baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют