» » Toshkentdagi yangi farmatsevtika korxonasida 25 nomdan ziyod dori vositasi tayyorlanadi

Toshkentdagi yangi farmatsevtika korxonasida 25 nomdan ziyod dori vositasi tayyorlanadi


Toshkent shahrining Olmazor tumanida Well med pharm farmatsevtika korxonasi ishga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Well med pharm farmatsevtika korxonasi Hindistonning “Shayana farm” farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Buning uchun 4,5 million dollar miqdorida investitsiya jalb etildi.

Zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan korxonada yuqori texnologik ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatilgan. 70 dan ortiq yigit-qiz ish bilan ta’minlanadi.

Yangi korxonada yiliga 10 million qadoqda gepatoprotektor, og‘riq qoldiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi va boshqa tabletka, kapsula, malham va sharbat shaklidagi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Buning natijasida chetdan keltirilayotgan 25 nomdan ziyod dori vositasini tayyorlash mahalliylashtiriladi. Well med pharm korxonasi 2021-yilgacha yagona soliq to‘lovidan ozod etildi. Chetdan xomashyo olib kirishda bir qator imtiyozlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют