» » O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yutqazdi (video)

O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga yutqazdi (video)


Ektor Kuper boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 2-iyun, yakshanba kuni Alanya shahrida Turkiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Turkiya terma jamoasi bellashuvda “Lill” a’zosi bo‘lgan Zeki Chelikning (17, 57-daqiqalarda) dubli sabab Kuper jamoasini mag‘lub etdi.

Qayd etish joiz, turklar ustozi Shenol Gunesh mazkur bahsda jamoa yetakchilari Xoqon Chalxono‘g‘lu, Jenk Tosun, Jengiz Underlarning xizmatlaridan foydalanmadi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Toshkentda KXDR (7-iyun) hamda Suriya (11-iyun) termalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yini

2-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 — 17 Zeki Chelik, 2:0 — 57 Zeki Chelik.

Turkiya: 1.Sinan Bolat, 2.Zeki Chelik, 3.Emre Tashdemir, 4.Chog‘lar Suyunchi, 7.Dorukxan Tokoz (11.Deniz Turuch, 83), 8.Og‘uzxon Ozyakup (20.Ozan To‘fan, 65), 9.Enes Unal (10.Abdulqodir Omur, 65), 14.Efejan Karacha (6.Omer Ali Shahiner, 46), 16.Merih Demiral, 19.Yunus Malli (17.Kenan Karaman, 46), 21.Ifran Jan Kahvachi (5.Emre Belozo‘g‘lu, 90+1)

O‘zbekiston: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Anzur Ismoilov, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Quvondiq Ro‘ziyev (22.Doston Ibragimov, 70), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (11.Temurxo‘ja Abduholiqov, 70), 15.Yegor Krimets, 18.Fozil Musayev (19.Oston O‘runov, 60)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют