» » Britaniyaning Daily Mail nashri O‘zbekistondagi taroveh namozlaridan fotoreportaj taqdim etdi

Britaniyaning Daily Mail nashri O‘zbekistondagi taroveh namozlaridan fotoreportaj taqdim etdi


Britaniyaning dunyoga mashhur Daily Mail nashri Toshkent ko‘chalarida minglab musulmonlar Qadr kechasida namoz o‘qiyotgani tasvirlangan suratlarni e’lon qildi.

Uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida olingan suratlarda Toshkentda Ramazon oyining so‘nggi kunlari, Laylatul Qadr kechasida odamlarning ibodat qilayotgani tasvirlangan.

Laylatur Qadr — so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi. Qadr kechasi Ramazonning so‘nggi o‘n kunligida yashiringan, uni o‘sha kunlarning toq kunlaridan izlagan afzal deyiladi.

“Toshkent Sobiq Ittifoq va Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng gavjum shaharlardan hisoblanadi. Bu yerdagi aholining 90 foizi musulmonlardir”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют