» » Ramzan Qodirov rossiyaliklarga kamroq ovqatlanishni maslahat berdi

Ramzan Qodirov rossiyaliklarga kamroq ovqatlanishni maslahat berdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov iyun oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan Sog‘lom ovqatlanish kuni munosabati bilan rossiyaliklarga kamroq ovqat iste’mol qilishni maslahat berdi, deya xabar qiladi “MK.ru”.

Ramzan Qodirovning formulasi quyidagicha: oshqozonning uchdan ikki qismigina to‘la bo‘lishi kerak. Undan ortiq emas. U hadislardan misol keltirib, zamonaviy ovqatlanishning zarari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

“Hozirgi kunda iste’mol qilayotgan ovqatlarimiz kimyoviy moddalarga to‘la va u vazn ortishiga olib keladi. Odam sog‘ligi haqida yiliga 365 kun o‘ylashi kerak. Hadislarda oshqozonning uchdan bir qismini ovqat bilan, yana bir qismini esa ichimlik bilan to‘ldirish kerakligi aytiladi. Qolgan bir qismi bo‘sh turishi kerak.

Hayotda esa hammasi aksincha. Barcha qornini iloji boricha ko‘proq to‘ldirishga intiladi. Shuning ortidan semizlik va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Ovqatdan va boshqa narsalardan tiyilib, jismoniy sport bilan shug‘ullaning. Shundagina kuch va g‘ayrat sizlarga oqib keladi”, — deb yozadi Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanaliga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют