» » Floridada 3 metrli timsoh oshxona oynasi orqali uyga kirib, tartibsizlik uyushtirdi (video)

Floridada 3 metrli timsoh oshxona oynasi orqali uyga kirib, tartibsizlik uyushtirdi (video)


Florida shtatidagi Kliruoter shahrida joylashgan uylardan biriga uzunligi 3 metrdan oshiq bo‘lgan timsoh kirib qoldi. Oshxona oynasi orqali uyga kirgan timsoh bir necha shisha idishdagi vinolarni sindirib, hamma joyni vayron qilgan, deb xabar beradi Forum Daily.

Mazkur hodisa 31-may kuni soat tungi 03:30 larda sodir bo‘lgan. 77 yoshli Meri Vishxuzen hojatxonaga yo‘l olayotib, shovqinni eshitib qolgan va oshxonasida taklif qilinmagan mehmonga duch kelgan.

Vishxuzen qo‘rqib ketib 911 ga qo‘ng‘iroq qilgan va politsiya ofitserlari yetib kelguniga qadar yotoqxonasidan chiqmagan.

Mahalliy politsiyachilar o‘zlarining Twitter’dagi sahifasiga uyda tartibsizlik keltirib chiqarganidan xursand timsohning rasmini joylashtirgan.

Politsiya va ovchilarning sa’y-harakati bilan timsoh uydan chiqarib yuborilgan. Kutilmagan mehmonning tashrifidan hech kim jarohat olmagan.

We know you've been chomping at the bit for more visuals from today's alligator trespassing in Clearwater???? The male alligator was 10 to 11 feet in length. During the apprehension, the alligator knocked over several bottles of wine. The red liquid in the video is wine, not blood. pic.twitter.com/x6ktib6ajl

— Clearwater Police Department (@myclearwaterPD) May 31, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют