» » Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiya narxlari oshmaydigan bo‘ldi

Tabiiy, suyultirilgan gaz va elektr energiya narxlari oshmaydigan bo‘ldi


Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi qaroriga asosan, 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo narxlar oshirilmadi.

“Daryo”ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan 31-may kuni yangi qarorning imzolanishi sabab bo‘ldi. Unda yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste’molchilarga ta’sirini yengillashtirish ko‘zda tutilgan.

“Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ushbu qaror bilan 2019-yil 1-iyundan boshlab tabiiy gaz uchun tariflar, suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun narxlarning oshirilishi bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют