» » Urgutdagi mol o‘g‘rilariga jazo tayinlandi

Urgutdagi mol o‘g‘rilariga jazo tayinlandi


“Daryo” 2018-yilning avgust oyida “Urgut tumani ichki ishlar xodimlari o‘g‘rilikka sherikmi?” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgan edi. Unda Samarqand viloyati Urgut tumani Baxrin mahallasida yashovchi fuqaro Feruz Farmonov Urgut tuman Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Qoratepa militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan 4 oydan buyon uning yo‘qolgan qora mollarini topish bo‘yicha bergan arizasi o‘rganilmayotganligi to‘g‘risida murojaat qilgandi.

Mazkur murojaatdan so‘ng Samarqand viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan yo‘qolgan mollar topilib, mollarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olinib, tergov-surishtiruv ishlarini olib borgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida sudya J.Arslonov raisligida Nurbek Yoriqulov va Sardor Hamroqulovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Nurbek Yoriqulov va Sardor Hamroqulov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida jinoiy til biriktirgan. Nurbek Yoriqulov va Sardor Hamroqulov 2018-yilning aprel oyi davomida Urgut tumani, “Bahrin” mahallasi hududidagi “Yettiuylik soy” tog‘-yon bag‘rida Feruz Farmonovning boquvida bo‘lgan “Bahrin” mahallasida yashovchi fuqarolarning ko‘p miqdordagi qoramollarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

2018-yilning 5-may kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Ro‘zimurod Bekmurodovdan olingan 2 bosh qora mol, 2018-yilning 9-oktabr kuni Urgut tumani, “Bahrin” mahallasida yashovchi fuqaro Y.Murodov tomonidan tanib olingan.

Sud jarayonida sudlanuvchi Nurbek Yoriqulov va Sardor Hamroqulov sud tergovida ayblariga qisman iqrorlik bildirdi. Sud majlisida so‘ralgan jabrlanuvchilar, guvohlar va qo‘shimcha guvohlarning ko‘rsatuvlari ularning aybi bilan o‘z isbotini topdi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Nurbek Yoriqulov Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan 6 yil 6 oy, Sardor Hamroqulov 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Nurbek Yoriqulov va Sardor Hamroqulovdan jabrlanuvchilar foydasiga 92 200 000 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют