» » Shavkat Mirziyoyev: Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti?

Shavkat Mirziyoyev: Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

“O‘zim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti? Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus”, - deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga bog‘liq bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2—3 barobar kam.

Yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, ish o‘rinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют