» » Virjiniyada 12 kishini o‘ldirgan muhandis hujum oldidan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani ma’lum qilindi  

Virjiniyada 12 kishini o‘ldirgan muhandis hujum oldidan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgani ma’lum qilindi  


Virjiniya-Bichda 12 kishini o‘ldirgan shahar xizmatlari xodimi hujumdan bir necha soat avval o‘z rahbariga ishdan bo‘shash haqida elektron ariza yuborgan. Bu haqda siti-menejer Deyv Xansenning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Uning hikoya qilishicha, 40 yoshli muhandis Deeyn Kreddok o‘z rahbariga otishmadan oldin, erta tongda xat jo‘natgan.

“Men jinoyatchining mavqeini obdon o‘rgandim. Menga ma’lum bo‘lishicha, u o‘z bo‘limida o‘rnini topgandi. Unda intizom bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan”,  deydi Xansen.

Kreddok 1-iyun kuni markaz binosining bir necha qavatida otishma uyushtirgan. Ushbu binoda avval shahar qurilish boshqarmasi, shuningdek kommunal xo‘jalik departamenti joylashgan edi. Hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.

Kreddokning o‘zi ham yaralangan. Otishma paytida politsiyachilar unga qarata o‘q uzgan.

Hodisa joyidan miltiq va yarim avtomatik to‘pponcha topilgan.

Mavzuga doir: AQShning Virjiniya shtatida yuz bergan otishmada 12 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют