» » Milliarderlar qanday kitob o‘qiydi? Sukerberg, Tramp va boshqa boylarning sevimli kitoblari

Milliarderlar qanday kitob o‘qiydi? Sukerberg, Tramp va boshqa boylarning sevimli kitoblari


Kitob o‘qiydigan kishilar televizor tomosha qiladiganlarni boshqaradi. Ushbu gapning haqiqat ekanligini maqolamiz qahramonlari — hech kimning ko‘magisiz muvaffaqiyatga erisha olgan milliarderlar ham isbotlab turibdi.

…Jerom D. Selinjerning “Javdardagi ovchi” (The Catcher in the Rye) romanini sevib o‘qiydi. Bu Xolden ismli 16 yoshli o‘smir haqida hikoya bo‘lib, u Amerikaga xos haqiqatni chuqur qabul qiladi va jamoatchilik rioya qilib yashayotgan qoidalarni qabul qilishdan bosh tortadi.

…yozuvchi Orson Skott Kardning “Ender o‘yini” (Ender’s Game) kitobini jon deb qayta-qayta o‘qiydi. Ilmiy-fantastik roman yerliklarning istilochi o‘zga sayyoraliklar bilan “azaliy” kurashiga bag‘ishlangan.

…epik Stalingrad jangi tarixiga maftun bo‘lgan. Yozuvchi Entoni Bivorning Ikkinchi jahon urushi haqidagi “Stalingrad” nomli romani — uning sevimli kitobi.

…Atul Gavandening “Cheklist manifesti” (The Checklist Manifesto)ni berilib o‘qiydi. Ommabop Twitter resursi yaratuvchisi bo‘lgan milliarder cheklistlar (qilinadigan ishlar ro‘yxati)ni tuzish orqali hayotda muvaffaqiyat qozongan, shekilli.

…haqiqiy faylasuf bo‘lgan. Milliarderning shaxsiy kutubxonasida Shekspirning “Qirol Liri”, Platonning asarlari, German Melvillning “Mobi Dik”i, Kleytonning “Innovatorning dilemmasi” (The Innovator’s Dilemma) bo‘lgan.

… Jorj Stokning “Vaqt bilan raqobatlashish” kitobini o‘qiydi. Ushbu asar Apple’ning hozirgi rahbariga muvaffaqiyatli biznes asoslarini o‘rgatgan.

…vaqti-vaqti bilan Norman Vinsent Pilning “Ijobiy fikrlash kuchi”ni o‘qib boradi. Milliarderning doim qo‘l ostida bo‘ladigan ushbu kitob muammolarni yengib o‘tish, o‘z-o‘ziga ishonch orttirish, muvaffaqiyatga yo‘l topishda yordam beradigan aqliy amaliyotlar sirlarini ochib beradi.

Manba: “Luxlux.net”

Опубликовано: admin (21-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют