» » Al Bano: Navro‘zni shod-xurramlik bilan o‘tkazishingizni tilayman!

Al Bano: Navro‘zni shod-xurramlik bilan o‘tkazishingizni tilayman!


Navro‘z bayrami munosabati bilan xorijda O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklar va tilaklar bildirilmoqda. Ulardan ayrimlarini “Jahon” axborot agentligi keltirdi.

 

Avvalo barcha o‘zbekistonliklarni ajoyib va go‘zal Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman!

Buyuk Ipak yo‘li va yevropaliklarga tarovatli o‘lkangizni ochib bergan italiyalik mashhur sayyoh Marko Polo sababli ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida qadimdan savdo aloqalari amalga oshirib kelingan. Bugungi kunda ko‘plab italiyaliklar Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarni yaxshi biladi va yoqtiradi.

Fursatdan foydalanib, Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi bilan ham tabriklashga ijozat bering. Italiya parlamenti a’zolari respublikangizga ehtirom bilan yondoshadi, shu bois ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik yanada yuqori darajaga ko‘tarilishiga umid qilamiz.

Renso Karella, Italiya deputatlar palatasi va Italiya—O‘zbekiston parlament guruhi a’zosi

 

O‘zbek xalqini bahorgi yangi yil — Navro‘z bilan qutlayman va uni shod-xurramlik bilan o‘tkazishingizni tilayman.

O‘zbekistonga kelganim, Toshkent va Samarqandda bo‘lganimni doim mamnunlik bilan eslayman. O‘shanda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan tanishish nasib etgandi. Bu hayotimdagi eng betakror lahzalardan biri bo‘lib qoldi. Islom Karimov quyoshli O‘zbekistondan esdalik sifatida menga milliy zarbof to‘n sovg‘a qilgandi.

Yaqinda yana bir muhim hodisa — O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlaymiz. Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik bundan buyon yanada mustahkamlanishiga ishonchim komil.

Al Bano, xonanda

Опубликовано: admin (21-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют