» » AQShda 2001-yil 11-sentabr teraktlari qurbonlarining qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berdi

AQShda 2001-yil 11-sentabr teraktlari qurbonlarining qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berdi


2001-yil 11-sentabr kuni AQShda yuz bergan teraktlar natijasida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berib, qirollik hukumatini “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda aybladi, deb yozadi “TASS”. 800 dan ziyod kishining nomidan berilgan kollektiv da’vo 20-mart, dushanba kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumani federal sudiga topshirildi.

Da’vogarlar ta’kidlashicha, Ar-Riyod “Al-Qoida”ga moliyaviy va boshqa moddiy ko‘maklarni bergan. Hujjatda qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni hukumati, go‘yoki, qirollik fuqarolari bo‘lgan terakt ijrochilarining kamida uch nafari ushbu terrorchilik tarmog‘iga aloqador bo‘lganini bilgan.

“Saudiya Arabistoni o‘zini ikkiyuzlamachi sifatida tutgan, — deyiladi da’voda. — U AQSh hamda boshqa G‘arb mamlakatlari oldida o‘zini ‘Al-Qoida’ va terrorizm bilan kurash olib borayotgan davlat sifatida tutdi, aslida esa Saudiya hukumati nomidan faoliyat olib borgan shaxslar ‘Al-Qoida’ga ahamiyatli moddiy ko‘mak taqdim etgan”.

Shu tufayli da’vogarlar ta’kidlashicha, Ar-Riyodning ko‘magisiz 11-sentabr teraktlari amalga oshmagan bo‘lardi. Shu tariqa, “Saudiya Arabistoni terakt natijasida yetgan barcha zarar uchun da’vogarlar oldida javobgardir”. Da’vo mualliflari Saudiya hukumatidan tovon puli undirib olishni talab qilmoqda, ammo uning hajmi keltirilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Kongress vakillar palatasi AQShda xalqaro terrorchi tashkilotlar uyushtirgan hujumlar qurbonlari oilasiga ularni qo‘llayotgan davlatlarga nisbatan mamlakat hududida da’vo qo‘zg‘ash huquqini beruvchi hujjatni imzolagan edi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют