» » Suvga chomgan Toshkent, afv etilgan mahkumlar, qaynotasini pichoqlab oldirgan mast kelin va kunning boshqa xabarlari

Suvga chomgan Toshkent, afv etilgan mahkumlar, qaynotasini pichoqlab oldirgan mast kelin va kunning boshqa xabarlari


3-iyunning etiborga molik yangiliklari Daryo dayjestida.

Bugun, 3-iyun kuni Toshkentda kuchli yomgir kuzatildi. Oqibatda shaharning koplab kochalari suv ostida qoldi. Momaqaldiroq boldi, yomgir tingach, osmonda kamalak ham korindi.

***

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 575 nafar mahkumni afv etdi.

Ularning 361 nafari jazodan toliq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bagriga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

***

Xorazmda kelin ozaro janjal oqibatida mast holda qaynotasini pichoqlab oldirdi.

2-iyun kuni Xorazm viloyatining Bogot tumanida yashovchi 27 yoshli Sh.I. mast holda uyida ozaro janjal oqibatida birga yashagan qaynotasi 50 yoshli R.L.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

***

Ozbekistonlik oshpazlar Grozniyda 20 ming kishilik osh damladi.

Ozbekistonlik oshpazlar Grozniy shahrida joylashgan Checheniston yuragi masjidi oldida otkazilgan iftorlikda 20 ming kishiga moljallab osh tayyorladi.

***

Turkiyada gilamga oralgan ayol jasadi topildi, u Ozbekiston fuqarosi bolishi mumkin.

Ayolning shaxsini aniqlab bolmagan. Voqea joyidan ichida 3 nafar Ozbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bolgan qora ayollar sumkasi topilgan.

Shuningdek,Istanbulda Ozbekiston fuqarosi pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok boldi.Marhumning qarindoshiga jasadni Ozbekistonga yuborish masalasini yechish boyicha konsullik-huquqiy yordam korsatildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-06-2019, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -