» » KXDRda Yaponiya bosh vazirining Kim Chen In bilan uchrashish istagi yuzsizlik deb aytildi

KXDRda Yaponiya bosh vazirining Kim Chen In bilan uchrashish istagi yuzsizlik deb aytildi


KXDRning Osiyo—Tinch okeani mintaqasidagi tinchlik qo‘mitasi matbuot kotibi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashish istagini tanqid qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Abe jamoasi ‘dastlabki tayyorgarliksiz oliy darajadagi muzokaraga tayyor’ ekanligini aytib, bu bilan o‘ylamay KXDRga zarar keltirmoqda. Bu esa yuzsizlikning yuqori cho‘qqisidir”, — degan qo‘mita vakili Koreya markaziy telegraf agentligiga bergan intervyuda.

U Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing so‘nggi bayonotini eslatib o‘tdi. Unda vazir Pxenyan to‘g‘ri qaror qabul qilsa, xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishini aytgan edi.

Sindzo Abe esa agar Yaponiya o‘zining yomon hulqidan voz kechmasa, aloqalarni yaxshilash haqida “bong urish”dan foyda yo‘qligini aytgan.

May oyi boshlarida Yaponiya bosh vaziri Sankei Shimbun gazetasiga bergan intervyuda “Agar men shaxsan Kim Chen In bilan uchrashmasam, Yaponiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik muhitini buzolmaymiz. Men u bilan shaxsan uchrashib, dastlabki shartlarsiz ochiq muloqot o‘tkazishni xohlardim”, degan.

Shundan beri Shimoliy Koreya Yaponiyaga yaqinlashish belgilarini ko‘rsatmagani kabi, Abe hukumati ham Pxenyanga nisbatan yarashuv harakatlarini amalga oshirmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют