» » “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi 9-chempionati” musobaqalari g‘oliblari aniqlandi

“Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi 9-chempionati” musobaqalari g‘oliblari aniqlandi


O‘zbekistonda 31-may kuni “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi 9-chempionati” musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Shu kuni dastur asosida tadbirning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining rahbariyati, viloyat hokimligi, boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalarning ochilish marosimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Ko‘rgazmali chiqish va konsert dasturidan so‘ng, musobaqaning 4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi turi o‘tkazildi.

1-iyun kuni esa musobaqaning 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turi bo‘lib o‘tdi va nazariy shartlarga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari orqali aniqlandi.

Musobaqaning har bir turini kuzatib, baholab kelayotgan hakam va murabbiylar tomonidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan g‘olib terma jamoalar aniqlandi.

Jumladan, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi bo‘yicha:

“Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 3-qavatiga ko‘tarilish” turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (36.57 soniya bilan), Toshkent viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (37.28 soniya bilan) hamda Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (37.93 soniya bilan) egalladi.

“Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi” turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (62.31 soniya bilan), Andijon viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (64.06 soniya bilan) hamda Xorazm viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (66.87 soniya bilan) qo‘lga kiritdi.

“100 metrga to‘siqlar osha yugurish” turi bo‘yicha Andijon viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (54.30 soniya bilan), Namangan viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (55.54 soniya bilan) hamda Jizzax viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (56.24 soniya bilan) egalladi.

Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi chempionati” musobaqasi bo‘yicha:

“Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish” turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (15.52 soniya bilan), Qashqadaryo viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (15.80 soniya bilan) hamda Navoiy viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (15.89 soniya bilan) egalladi.

“Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi” turi bo‘yicha Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (64.64 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (66.31 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (67.43 soniya bilan) qo‘lga kiritdi.

“100 metrga to‘siqlar osha yugurish” turi bo‘yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (35.94 soniya bilan), Buxoro viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (36.39 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (37.69 soniya bilan) qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir jamoa ishtirokchilarining ko‘rsatgan natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilib, barcha turlar bo‘yicha umumjamoa hisobida Jizzax viloyati terma jamoasi 1-o‘ringa, Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o‘ringa hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘ringa sazovar bo‘ldi.

Hududlardan tashrif buyurgan qizlar terma jamoalari o‘rtasida “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi bo‘yicha:

“Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 2-qavatiga ko‘tarilish” turi bo‘yicha Toshkent viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (8.22 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (8.78 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (9.03 soniya bilan) egalladi.

“Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi” turi bo‘yicha Navoiy viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (75.12 soniya bilan), Sirdaryo viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (76.47 soniya bilan) hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi a’zosi 3-o‘rinni (77.43 soniya bilan) qo‘lga kiritdi.

“100 metrga to‘siqlar osha yugurish” turi bo‘yicha Sirdaryo viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni (18.76 soniya bilan), Navoiy viloyati terma jamoasi 2-o‘rinni (19.66 soniya bilan) hamda Andijon viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni (19.92 soniya bilan) qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 02:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют