» » Oliy Majlis palatalari yig‘ilishlarini jonli efirda namoyish qilish taklif etilmoqda

Oliy Majlis palatalari yig‘ilishlarini jonli efirda namoyish qilish taklif etilmoqda


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining yig‘ilishlarini jonli efirda to‘liq namoyish qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

Bildirilishicha, fuqarolarning huquqiy ongini yanada yuksaltirish, ularda daxldorlik hissini oshirish maqsadida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali Oliy Majlis palatalarining yig‘ilishlari to‘liq ravishda jonli tarzda efirga uzatilishi kerak.

“Bu xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning parlament hayoti bilan yaqindan tanishishiga va huquqiy savodxonligining oshishiga xizmat qiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Petitsiyada “O‘zbekiston 24” telekanali orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yig‘ilishlarini jonli tarzda to‘liq namoyish qilish taklifi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют