» » Xitoy Pompeoning Tyananmen maydonidagi voqea munosabati bilan bildirgan bayonotini keskin qoraladi

Xitoy Pompeoning Tyananmen maydonidagi voqea munosabati bilan bildirgan bayonotini keskin qoraladi


Xitoy AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning Tyananmen maydonidagi voqeaning 30 yilligi munosabati bilan bildirgan bayonotiga nisbatan keskin norozilik bildirdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Pomeponing bayonoti Xitoy ichki va tashqi siyosatini hurmat qilmagan holda mamlakat ichki ishlariga qo‘pol aralashish hisoblanadi. Bu Xitoy xalqini haqoratlash, xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi xalqaro huquq va normalarni jiddiy buzishdir. Xitoy tomonida bunga nisbatan jiddiy norozilik bildiradi”, — deyiladi Xitoyning AQSh elchixonasi bayonotida.

3-iyun kuni AQSh matbuot kotibi Maykl Pompeo Tyananmen maydonida sodir bo‘lgan voqeaning 30 yilligi munosabati bilan yozma bayonot berib, “AQShning Xitoyda ochiq va tolerant jamiyat qurish borasidagi umidlari amalga oshmadi” degan edi.

1989-yilda Pekindagi ayrim shaharlarda talabalar va shahar aholisi norozilik chiqishlarini qilgan. 4-iyun kuni hukumat armiyani ishga solib ommaviy aksiyalarni Tyananmen maydonida bostirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют