» » Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi 537 oilaning kommunal to‘lovlardan bo‘lgan 85 mln so‘m qarzini to‘lab berdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi 537 oilaning kommunal to‘lovlardan bo‘lgan 85 mln so‘m qarzini to‘lab berdi


Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Ijtimoiy ko‘mak” xayr-ehson aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Aksiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy birlashmalari mutaxassislari qatnashib, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kommunal xizmat to‘lovlaridan qarzlari to‘lab berildi.

– Hozirda bu aksiyaga 537 ta oila qamrab olinib, ularga federatsiya hisobidan 85 millionga yaqin mablag‘ ajratilib, gaz, elektr energiyasi, issiq suv ta’minotlaridan qarzlari to‘lab berildi. Muborak Ramazon oyini har bir musulmon yaxshi kutib olishga, atrofdagilarga yordam ko‘rsatishga intiladi. Federatsiya mutaxassislari bunday xayrli aksiyalarni o‘tkazishda davom etadi, – deydi federatsiya raisi Jahongir Sarimsaqov.

Mehr-muruvvat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют