» » Prestigio O‘zbekistonda yorqinlik ulashadi!

Prestigio O‘zbekistonda yorqinlik ulashadi!


2019-yil aprel oyida xalqaro texnika ishlab chiqaruvchisi Prestigio Ozbekiston bozoriga kirib keldi. Bu ushbu brend tarqalgan 19-mamlakat boldi.

Smartfonlar, smartbuklar, planshetlar, tugmali telefonlar, videoqaydetgichlar, multibordlar hamda savdo maydonchalari uchun interfaol ekranlar – Prestigio mahsulotlari 170 dan ortiq turga ega. Mobil qurilmalar modellari turkumi fotosuratga olishning ilg‘or funksiyalari, Touch ID va eng yangi Android OT versiyalari o‘rnatilgan yetakchi mobil qurilmalardan tortib to bolalar va yoshi katta insonlarga mos, ishlatish qulay bo‘lgan arzon qurilmalargacha namoyon etilgan. Prestigio texnikasi arzon narxlarda sotilmoqda va maktab o‘quvchilari bilan talabalar orasida ayniqsa ommalashdi.

Prestigio brendi dunyo bozorida 17 yildan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning mahsulotlari o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib kelmoqda va Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Boltiqbo‘yi davlatlari, Bolgariya, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari hamda JAR’da sotilmoqda. 2018-yilda Prestigio kompaniyasi Armanistonda sotuvlarni yo‘lga qo‘ydi. Endi esa navbat O‘zbekistonlik hamyonbop gadjetlar ihlosmandlarining hayotiga yorqin ranglarni olib kirishga yetdi.

Yaqin vaqtlardan buyon Prestigio texnikasini kompaniyaning mamlakatdagi birinchi rasmiy hamkori Arena Markaz’ning hamkorlik tarmog‘idan xarid qilish mumkin.

Talab eng katta bo‘lgan gadjetlar assortimenti, aniqrog‘i smartfonlar O‘zbekiston bozoridagi birinchi toifaga aylandi.

Prestigio Grace B7 LTE (1 393 999 so‘m)

Ramkasiz ekran – shubhasiz 5.7 diagonalga va HD+ aniqlikdagi tasvirga ega Prestigio Grace B7 LTE’ning kuchli tomonidir. Undan tashqari, Grace B7 LTE ichidan va tashqi tomondan yaxshi himoyalangan. Metal qobig‘i ancha mustahkam, barmoq izi skaneri va “face unlock” texnologiyasi ma’lumotlarni ishonchli tarzda saqlaydi.

Smartfon 4G ulanishni qo‘llaydi va 2-ta SIM-karta slotiga ega. Qudratli to‘rtta yadroga ega protsessor va 2 GB xotira ko‘plab vazifalarni bajarish rejimida kundalik ishlatish, Internetga ulanish va o‘yinlar uchun yetarlidir.

Prestigio Muze F5 LTE (1 155 999 so‘m)

Muze F5 LTE’ning o‘ziga xos tomoni – 5,5 duymga ega keng ekran va 18:9 diagonaldir. IPS-matritsa va HD+ aniqlikdagi tasvir kontentni xuddi real hayotdagi kabi tiniq va yorqin qiladi. 4000mAs kuchga ega qudratli batareya smartfonni kun bo‘yi faol rejimda ishlatishga va zaryad olish haqida tashvishlanmaslikka imkon beradi.

Zamonaviy 13-megapikselli chaqnovchi asosiy kamera a’lo darajadagi tiniq va yorqin suratlar chiqishini ta’minlaydi, 5-megapikselli chaqnovchi fronal kamera esa sizni haqiqiy selfi ustasiga aylantiradi.

Smartfon 4G LTE ulanishni qo‘llaydi, 16 GB ichki xotiraga, microSD-karta uchun slotga hamda ikkita SIM-karta slotiga ega. Bu sizni doimo aloqada bo‘lishingizga imkon beradi.

Prestigio Muze H5 LTE (1 045 000 so‘m)

Prestigio Muze H5 LTE – mobil suratlarnining haqiqiy ixlosmandlarini xursand qiladigan model. Ikkitalik 13-megapikselli avtofokusga ega chaqnovchi kamera, ingichka ramkaga ega keng ekran va Android 8.1 Oreo OT’da ishlaydigan telefon suratlarni tezkor olish va qayta ishlash imkoniyatini beradi.

Muze H5 LTE barmoq izi skaneri, 16 GB ichki xotira va 128 GB xotira uchun microSD-kartali slot bilan ta’minlangan. Suratlar, video va Internetni tezkor ishlatish uchun smartfon to‘rtta yadroli protsessor va 2GB xotira bilan ta’minlangan.

Prestigio Wize Q3 (728 999 so‘m)

Brend chiqarayotgan eng hamyonbop smartfonlardan biri bo‘lib kundalik vazifalarni bajarish uchun loyiq bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashga ega. Buklangan 2.5D shishaga ega tekis qobiq va 5 dyuymli ekran jud chiroyli ko‘rinadi. Qora, qizil yoki tillarang – sizga aynan mos kelganini tanlang.

Kuchli samaradorlikka ega to‘rtta yadroli va 1 GB tezkor xotira kundalik vazifalarni a’lo darajada bajaradi, ikkita kamera esa har qanday yorug‘likda surat olishg imkon beradi.

Yaqinda O‘zbekistondagi chakana savdo bo‘yicha hamkorlarimiz assortimentida shuningdek planshetlar, videoqaydetgichlar va tugmali telefonlar paydo bo‘ladi. Ushbu yil oxirigacha Prestigio dunyo bozorida o‘z sifatini tasdiqlagan boshqa modeldagi texnikalarni ham yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Prestigio texnikalari va brending takliflari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi saytga kiring: https://prestigio.com/

Arena Markaz do‘konlari manzillari va yangi mahsulotlar haqidagi yangiliklar uchun quyidagi saytga kiring: https://arenamarkaz.uz/news

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют