» » “Manchester Yunayted” 60 mln funtga yarim himoyachi sotib olishi mumkin

“Manchester Yunayted” 60 mln funtga yarim himoyachi sotib olishi mumkin


“Manchester Yunayted” “Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddisonga qiziqish bildiryapti. Bu haqda Independent xabar berdi.

“Mankunianlar” uchun Meddison transferi eng maqbul variant hisoblanadi. Futbolchining transfer narxi, taxminan, 60 million funtni tashkil etishi mumkin.

Tomonlarning muzokaralari hozircha dastlabki bosqichda bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, “Lester” o‘tgan yili 22 yoshli xavbekni “Norvich”dan 20 million funt evaziga sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Meddison yakuniga yetgan mavsum Angliya Premyer ligasida 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют