» » Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi


Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi bugun, 4-iyun kuni “Ural” M-5 yo‘lining 754-kilometrida sodir bo‘lgan. “Gazel” yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Hyundai mikroavtobusiga borib urilgan.

YTH oqibatida “Gazel” haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning bir yo‘lovchisi, shuningdek, Hyundai haydovchisi va uning sakkiz nafar yo‘lovchilari jabrlangan.

Jabrlanganlar Kuznetsk tumanlararo shifoxonasiga olib borilgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют