» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yolladi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yolladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yolladi.

Muhtaram vatandoshlar!

Dunyodagi jamiki musulmon ummati uchun motabar va qadrli bolgan shu saodatli, ulug ayyomda siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha momin-musulmonlar, butun xalqimizni Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon boladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutlug va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.

Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand bolib, jamiyatimizda ozaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va etibor korsatish, ehtiyojmand insonlarga begaraz yordam berish singari savobli ishlarni amalga oshirishga intilamiz.

Bunday olijanob maqsad va harakatlar mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarimizning mano-mazmuniga har tomonlama uygun va hamohang ekani ayniqsa etiborlidir.

Shu manoda, necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy ozligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho manaviy-marifiy merosini organish va targib etish biz uchun ota dolzarb vazifa bolib qolmoqda. Keyingi vaqtda mamlakatimizda shu yonalishda katta ishlar amalga oshirilayotgani, tabarruk qadamjolar obod qilinib, yangi-yangi ilmiy, madaniy va diniy markazlar, talim maskanlari tashkil etilayotgani barchangizga yaxshi malum.

Bu yil muborak Ramazon kunlarida Termiz shahrida Hakim Termiziy, Toshkent shahrida Suzuk ota va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi ulug ulamolarimizning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanishga topshirilgani, joylarda besh tashabbus va boshqa ijtimoiy-manaviy dasturlarimiz doirasida el-yurtimiz, xususan, yoshlar va xotin-qizlar uchun qulay mehnat va turmush sharoitlari yaratilayotgani bu yoldagi yangi qadamlar boldi.

Ozbekistonning Jaholatga qarshi marifat degan tamoyil asosida jahon miqyosida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, vijdon erkinligi va dinlararo bagrikenglikni taminlash, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xalqimiz va dunyo ahliga yetkazish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qollab-quvvatlanmoqda.

Shu ulug ayyom kunlarida uzoq va yaqin davlatlarda yashayotgan momin-musulmon birodarlarimizni, barcha dost va hamkorlarimizni samimiy qutlab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik tilaymiz.

Qadrli yurtdoshlar!

Gozal diyorimizda muborak Ramazon shukuhi kezib yurgan shu kunlarda bayram kayfiyati barcha shahar va qishloqlarimizga kirib borishi, bu ayyomni yanada mazmunli otkazish uchun sharoit yaratish maqsadida 5-6 iyun mamlakatimizda dam olish kunlari deb elon qilindi.

Buyuk bobomiz Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilganidek, Chinakam musulmon oziga ravo korgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo koradi.

Darhaqiqat, hayotda ezgu va savob amallarni bajarib, oilasi, farzandlari, el-yurtining baxtu saodatini oylab, halol mehnat qilib yashash musulmon ahli uchun iymon-etiqodning muhim sharti hisoblanadi.

Ishonchim komil, dinu diyonatimiz va zamon ruhini qalbimizga chuqur singdirib, bugungi hayotning otkir talabi bolgan ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanib, Vatanimiz ravnaqi yolida astoydil xizmat qilsak, oz oldimizga qoygan yuksak marralarga albatta yetamiz.

Siz, aziz vatandoshlarimni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Niyati pok, maqsadlari ulug xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bolsin!

Muqaddas ayyom Ramazon hayiti barchamizga muborak bolsin!

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -