» » Onlayn auksionda chiroyli mobil telefon raqamlarini sotish yolga qoyildi

Onlayn auksionda chiroyli mobil telefon raqamlarini sotish yolga qoyildi


4-iyundan boshlab Tovar-xomashyo birjasida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega uyali telefon raqamlarini sotish boyicha yangi savdo platformasi va mobilraqam.uzex.uz vebsayti test rejimida ishga tushirildi. Bu haqda Spot xabar beradi.

Auksion predmeti deb, sonlarning chiroyli kombinatsiyasiga ega abonentning uyali telefon raqamidan foydalanish huquqini sotib olish belgilangan.

Har bir lotning spetsifikatsiyasi va sotuvga qoyilayotgan har bir raqamning tafsilotlari sotuvchi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning toifasi (yuridik yoki jismoniy shaxs), sonlarning chiroyli kombinatsiyasiga ega abonentning uyali telefon raqami, lotning boshlangich narxi va raqobatli tartibotning yakunlash muddati aniq korsatilishi shart.

Auksion onlayn-rejimda boshlangich narxlarni kotarilish tartibida buyurtmalar berilgan paytdan boshlab kamida ikki ish kuni muddati davomida otkaziladi. Savdo jarayonida xaridorlar eng yaxshi narxdan yuqori darajadagi cheklanmagan miqdorda takliflarini berishlari mumkin. Berilgan har bir yangi narx taklifi auksionni qoshimcha 10 daqiqaga uzaytiradi. Bir vaqtning ozida sotuvchi kimoshdi auksion muddatini uzaytirishga haqlidir.

Oz navbatida, savdo ishtirokchilari auksionlar otkazilayotgan paytda kelib tushayotgan barcha narx boyicha takliflarni erkin kuzatib borishlari mumkin. Eng yuqori narx bergan xaridor elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda aniqlanadi va savdo golibi sifatida belgilanadi.

Auksion yakunlanganidan song, birjaning axborot tizimi tuzilgan bitimni royxatga oladi va xaridordan komissiya tolovini yechib oladi. Birja xizmati uchun tolanadigan komission yigim tuzilgan bitim narxidan 3% miqdorida belgilangan.

Moliyaviy majburiyatlar toliq qoplangan sanadan boshlab 10 kun mobaynida rasmiylashtirish xaridorning aybi bilan taminlanmagan taqdirda, tuzilgan bitim qiymatidan 50% miqdorida shartnoma majburiyatlari bajarmaganlik uchun jarimaga tortiladi, qolgan qismi esa xaridorga qaytariladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -