» » Gruziya prezidenti fuqarolar suhbatlarini tinglash haqidagi qonun loyihasiga veto qo‘ydi

Gruziya prezidenti fuqarolar suhbatlarini tinglash haqidagi qonun loyihasiga veto qo‘ydi


Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakat aholisi suhbatlarini sirli ravishda eshitish uchun operativ-texnik agentlik tashkil etishni ko‘zda tutuvchi “Maxfiy eshitishlar” to‘g‘risidagi qonun loyihalari paketiga veto qo‘ydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Gruziya parlamenti muxolifat va qator nodavlat tashkilotlar noroziligiga qaramay, hujjatlar to‘plamini 1-mart kuni ma’qulladi. Ushbu hujjatlarga binoan agentlik internet-trafikni kuzatish, pochta va telegraf orqali yuborilgan xabarlarni nazorat qilish bilan shug‘ullanishi mo‘ljallangan.

“Men eshitish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini tegishli mulohazalar bilan parlamentga qaytaraman”, — dedi prezident. U loyihalarga veto qo‘yishga siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qaror qilganini ma’lum qildi.

Gruziya prezidenti qonun normalarining ma’lum qismi mamlakat Konstitutsiyasiga zid ekanligini ta’kidladi.

Qonun loyihalariga ko‘ra agentlik faoliyati parlament va bosh vazir tomonidan nazorat qilinishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir vaqtda, fuqarolarni kuzatish faqatgina prokuror talabi yoki Oliy sud buyrug‘iga binoan sud roziligi bilan olib borilishi mumkinligi belgilangan.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют