» » Xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o‘zbek kursantlari taqdirlandi

Xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan o‘zbek kursantlari taqdirlandi


Kecha, 3-iyun kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan intellektual yetuk yoshlar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi, bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov qo‘lidan mukofotlarni qabul qilib olgan yoshlar Rossiya Federatsiyasining Ryazan oliy havo-desant qo‘mondonlik bilim yurtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bechinchi xalqaro olimpiada qatnashib qaytgan edi.

Ular 35 ta jamoa orasida murosasiz o‘tgan olimpiadada noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan yuqori professional tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Shuningdek, tadbir davomida Qozog‘iston Respublikasining Qarag‘anda shahrida MDH mamlakatlarining harbiy bilim yurtlari kursantlari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadada Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari birinchi marotaba qatnashishiga qaramasdan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Tadbir davomida ular ham munosib taqdirlandi.

Kursantlarning yuqori natijalarga erishishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan Akademiya professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov, universitet doktaranti Shohrux Husanov, 4-bosqich talabasi Sardor Bozorboyevga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari joriy yilda matematika, informatika (professional tayyorgarlik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют