» » Rasman: Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Rasman: Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov (27-0) navbatdagi jangini vaqtinchalik chempion Dastin Poryega (25-5-1) qarshi o‘tkazishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda UFC Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Habib va Porye o‘rtasidagi jang 7-sentabr kuni Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs UFC 242 oqshomi doirasida tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov so‘nggi jangini 2018-yil 6-oktabr kuni Konor Makgregorga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Porye esa Maks Holloueyni 2019-yil 13-aprelda mag‘lub etib, UFC’ning vaqtinchalik chempioni maqomini qo‘lga kiritgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют