» » Xitoylik olimlar Xaynan oroli hududidan kit va delfinlarning kamyob turini aniqladi

Xitoylik olimlar Xaynan oroli hududidan kit va delfinlarning kamyob turini aniqladi


Xitoylik olimlar Xaynan janubiy provinsiyasi akvatoriyasidan kit va delfinlarning bir necha noyob turlarini topdi. “TASS”ning xabar berishicha, ular may oyida Janubiy Xitoy dengiziga amalga oshirilgan 14 kunlik ilmiy ekspeditsiya davomida aniqlangan.

Olimlar tomonidan Xaynan oroli qirg‘oqlarining uzunligi 40 kilometr, kengligi 200 kilometrni tashkil etgan akvatoriyasi o‘rganilgan. Ekspeditsiya ishtirokchilari bolalari bo‘lgan bir necha urg‘ochi kashalotni tabiiy sharoitda kuzatgan. Xitoylik olimlarning fikricha, bunday kutilmagan uchrashuv hudud bu sutemizuvchilarning yashash joyi ekanligidan dalolat berishi mumkin.

Ekspeditsiyada ishtirok etgan olim Li Sunxayning aytishicha, umumiy hisobda kitlarning 27 ta guruhi aniqlangan. Ular orasida kit va delfinlarning yetti turi topilgan, ularning yana ikki turini olimlar hozircha aniqlay olmagan.

Olimning fikricha, Janubiy Xitoy dengizidagi kitlarning turli-tumanligi ularni o‘rganish va himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют