» » O‘zbekistondagi jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi

O‘zbekistondagi jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi


O‘zbekistondagi jome masjidlarida Ramazon hayiti namozi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ulug‘ ayyomga mamlakat miqyosida tayyorgarlik ko‘rildi. Masjidlar, ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolar obodonlashtirildi. Kam ta’minlangan oilalar, mehrga muhtoj bolalar, yolg‘iz qariyalar holidan xabar olindi, ularga sovg‘a-salomlar ulashildi.

Muborak Ramazon kunlarida Toshkentda Suzuk ota, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Termizda Hakim Termiziy kabi ulug‘ allomalar nomi bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanishga topshirildi.

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan 156 nafar yurtdoshlar, asosan, ayollar va bolalar Vatanga olib kelindi. Muborak oyda osoyishta yurtiga qaytgan bu ayollar, begunoh bolalar, ularning yaqinlari qalbi nurga to‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, 575 fuqaro afv etildi. Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu yil mamlakatdagi 2000 dan ziyod masjidda taroveh namozi, 1200 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on qilindi. Qorilar xorij mamlakatlarida, xususan, AQSh, Rossiya va Malayziyada ham Qur’onni xatm qildi.

Poytaxtdagi Hazrati Imom jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.

— Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, Ramazoni sharif ro‘zasini ado etish nasib qildi. Mo‘min-musulmonlar subhidamda saharlik dasturxoni atrofida ibodatga kirishdi, fayzli oqshomlarda esa iftorlik qilib, taroveh namozlariga oshiqdi, — deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov. — Bu yilgi Ramazon oyi har qachongidan ham fazilatli va barokotli bo‘ldi. Mo‘min-musulmonlarimiz ko‘p yaxshi himmat ko‘rsatishdi, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, keksalar, bemorlar, muhtojlar ko‘ngli olindi, Alloh taolo farz qilgan zakotlar ado etildi, fitr sadaqasi hamda fidyalar berildi. “Vaqf” fondi ham ikki milliard so‘mga yaqin zakot mablag‘larini tarqatib, yordamga muhtoj kishilar qalbiga quvonch ulashdi. Bu savobli, oliyhimmatli ishlarni qilishda yil bo‘yi davom etaylik.

Ramazon hayiti namozida o‘zbekistonliklar shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, elga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duolar qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют