» » Samsung omadli xaridorlariga 100 dan ortiq sovg‘alar tuhfa etdi

Samsung omadli xaridorlariga 100 dan ortiq sovg‘alar tuhfa etdi


21-may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida Samsung’ning bahoriy promo aksiyasi g‘oliblarini taqdirlar marosimi o‘tkazildi! Tanlov shartlari juda oddiy bo‘lib, unga ko‘ra 5-apreldan 5-maygacha televizor, sovutgich yoki kir yuvish mashinasini xarid qilgan mijozlar quyidagi super-sovrinlar o‘yinida ishtirok etishlari mumkin edi:

So‘nggi rusumdagi kir yuvish mashinalari, sovutgich, televizor, changyutgich va mikroto‘lqinli pechdan iborat sovg‘a to‘plami;

10 ta sovutgich;

10 ta kir yuvish mashinasi;

20 ta televizor;

30 ta changyutgich;

30 ta mikroto‘lqinli pech.

25-may kuni o‘tkazilgan rasmiy taqdirlash marosimida g‘oliblar o‘z sovrinlariga ega bo‘ldilar.

Biz aksiyada ishtirok etib, Samsung kompaniyasining sovrinlarini qo‘lga kiritgan baxtli g‘oliblarimizning tassurotlariga qiziqdik.

Yelizaveta

Uch haftalar avval buvajonimizga kir yuvish mashinasi olgani bordik. Aksiya haqida sotuvchi-konsultant ma’lumot berib, unda ishtirok etishga taklif qildi. Hujjatlarni to‘ldirib, tanlov haqida biroz unutib ham yubordik. Juma kuni qo‘ng‘iroq qilishdi. Avvaliga nima bo‘layotganini tushunmadik. Do‘konda bizga sovg‘alarimizni ko‘rsatishmagunicha ham eshitganlarimizga ishonmadik. Eng qimmat va so‘nggi rusumdagi texnika sohiblariga aylanganimizdan xursandmiz.

Samsungga rahmat.

Dilshod va Nigora

Biz yaqinda turmush qurdik. Shuning uchun uyimizni jihozlay boshlagan edik. Do‘konga changyutgich va televizor olishga borib, mana, katta Samsung sovitgichini yutib oldik. Rafiqamga hazillashib, bunaqa sovitgich bilan supermarket ham ochsa bo‘ladi, deb qo‘yaman. A’lo kayfiyat va sovrin uchun tashakkur. Kelgusida ham Samsung aksiyalarida albatta qatnashamiz.

Malika

O‘g‘lim bilan sovitgich olgani keldik. Sotuvchi-konsultant amaldagi aksiyada qatnashishga taklif etdi. Avvaliga o‘g‘limni bu niyatdan qaytarib, “Ketdik, baribir hech narsa yutmaymiz”, dedim. Juma kuni esa bizga qo‘ng‘iroq qilib, nafaqat oddiy sovrin, balki super to‘plam egasiga aylanganimizni ta’kidlashdi. Bu o‘g‘limning to‘yi oldidan ajoyib va kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Tashkilotchilarga tashakkur.

Tulendibayev Alimjon,

Samsung kompaniyasining maishiy texnika va televizor bo‘limi boshlig‘i .

Samsung O‘zbekistondani uzoq yillik faoliyati davrida mahalliy aholi orasida katta mashhurlikka erishdi. Sifat, narx va qulaylik – bizni aynan shu 3 jihat sabab qadrlashadi. Biz odamlarga quvonch ulashib, ularning hayotlariga yengillik olib kirayotganimizdan baxtiyormiz. Ayniqsa, shunday muqaddas ayyomlar arafasida jamoamiz insonlarning xotirasida uzoq vaqt qoladigan lahzalarni ulashayotganidan mamnunmiz. Kompaniyamiz jamoasi barcha musulmonlarni ulug‘ Ramazon hayiti bilan tabriklagan holda ularning har birlariga tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodat tilab qoladi.

Yangi aksiyalarimiz to‘g‘risida Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizda bilib olishingiz mumkin @samsunguzbekistan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют