» » Mamadali Mahmudov Suriyadan olib kelingan 156 nafar Ozbekiston fuqarosi haqida oz fikrini bildirdi

Mamadali Mahmudov Suriyadan olib kelingan 156 nafar Ozbekiston fuqarosi haqida oz fikrini bildirdi


Ishonch.uz nashri Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi Mamadali Mahmudovning (Evril Turon) Suriyadan olib kelingan 156 nafar Ozbekiston fuqarolari haqidabildirgan fikrini elon qildi. Quyida yozuvchining bu boradagi fikri toliq keltirilgan.

Men uch yil Ukrainada, ikki yil Rossiyada yashaganman. Oshanda Vatan soginchi nima ekanini boshimdan kechirganman. Yurt ichidagilar buni tuyib, tuyishmaydi. Vatandan chetdagilar buni yurak-yuragi bilan tuyishadi.

Yurt sevgi, soginchi,

Millat sevgi, soginchi,

Ota-ona sevgi, soginchi,

Qarindosh-urug sevgi,

soginchi bular Tangri tomonidan berilgan muqaddas tuygular.

Yot yurtlarda har daqiqa, har soniya Vatanimni qomsab yashadim. Mening Bilgir otli dostim mendan-da ortiq qomsab yashardi. Uning qon yiglaganlarini oz kozim bilan korganman. Lekin u oz sevgilisi Valentina Katvitskaya (polyak qizi)ga qattiq boglanib qolgan edi. U Bilgirni yer-u kokka ishonmasdi. Uning bukchayib qolgan enasi Irina momo ham Bilgirni oz nabirasidek sevardi. Bilgir bilan har kuni dardlashardik. Uning dardi menikidan-da ziyoda edi.

Bilgirdagi Vatan soginchi, iztiroblarini sezib yurgan Valentina Katvitskaya erini oylab qayguradi. Bir kuni oksib yiglab undan soraydi:

Sen meni sevasanmi, Bilgir?

Meni bu yerga boglab turgan narsa sen, Valya.

Sening Vataning mendan-da suyuklimi?

Ayt.

Kongling ogriydi, Valya, qoy, sorama

Yillar kecharoq men Bilgir va Valentina haqida, ularning achchiq qismatlari haqida ballada yozdim. Unda haqiqatni soyladim. Bu yorug olamda Vatan sevgisidan ulugroq sevgi yoqligini kuyladim.

Yaratgan Egamga tavallo qilaroq, yuragim buyurganini yozaman, ishonch bilan Prezidentimizda ana shu Vatan sevgi, soginchi tuygusi ustuvorligini kordim. Kozimga yosh keldi. Inson qoniga botayotgan qadim Shomdan, Suriya tuproqlaridan 156 nafar vatandoshimizni olim changalidan qutqarib olib keldi. Olib keldigina emas, iloj, imkonsizlikdan, ochlik, yoqlikdan, Vatan soginchidan adoyi-tamom bolgan bu adashgan, aldangan millatdoshlarimizga gulshan goshadan joy qilib berdi. Butkul saxiylik bilan, butkul mehribonlik bilan!

Milliy tariximizda bolmagan voqea bu! Butun dunyo ozbeklarini quvontiradigan voqea bu! Chet ellardagi yurtdoshlarimizga umid bagishlaydigan voqea bu!

Ota-ona oz bolalariga, yaxshimi, yomonmi, ayrosiz, bariga mehr korsatadi, barini togri yolga yetaklaydi.

Shavkat Mirziyoyevning oz Vatandoshlariga korsatgan mehrini men shu ota-onalar mehriga mengzayman.

Kecha qandoq edi?

Bugun qandoq?

Kecha tun bolsa, bugun kunduz.

Qama-qamalar

Portlashlar

Oilada bir odam yoldan adashgan bolsa, uning butun oila azolariga xalq dushmani deb qaralardi.

Men kecha kechgan haqsizlikni aytayapman, qandoq bolsa shundoq yashirmay, borttirmay. Bundoq el-ulusda davlatga ishonch boladimi, mehr boladimi, fidoyilik boladimi? Yoq!

Ana shu sovigan, songan mehrni prezident Shavkat Mirziyoyev qayta alangalatayapti.

Koz tegmasin, yurtdoshlarimizning Suriyadan Vatanimizga qaytarilishi Ozbekistonimizning xalqaro imijini yana bir pogona yuqoriga kotardi. Zero, oz el-yurtini sevmagan rahbar togri siyosat yurgizolmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-06-2019, 09:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -