» » Qachonlardir Bred Pitt va Jennifer Enistonga tegishli bo‘lgan koshona 49 mln dollarga sotilmoqda (foto)

Qachonlardir Bred Pitt va Jennifer Enistonga tegishli bo‘lgan koshona 49 mln dollarga sotilmoqda (foto)


Bir vaqtlar Bred Pitt hamda Jennifer Enistonga tegishli bo‘lgan Beverli-Xillzdagi koshona 49 million dollarga sotilmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, Pitt va Eniston 2001-yilda uyni 13,5 million dollarga xarid qilgan va oradan besh yil o‘tgach xej-fond rahbari Jonatan Bruksga sotib yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, juftlik 2000-yilda oila qurib, 2005-yilda ajrashib ketishgan edi.

Koshona maydoni 1115 kvadrat metrga teng bo‘lib, uning ichida 5 ta yotoqxona va 12 ta vannaxona mavjud. 1934-yilda taniqli arxitektor Uolles Neff loyihasi asosida qurilgan uy 2006-yilda Kemeron Diaz ishtirokidagi “Bayram” filmida ham namoyish etilgan.

Ushbu koshonaga qachonlardir Denni DeVito qo‘shni bo‘lib yashagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют