» » 2 yoshli bolakay Model X’da o‘zining homilador onasini urib yuborgani sabab Tesla’ni sudga berishdi

2 yoshli bolakay Model X’da o‘zining homilador onasini urib yuborgani sabab Tesla’ni sudga berishdi


Kaliforniyalik oila Tesla kompaniyasiga qarshi sudga da’vo arizasini berdi. Unda ko‘rsatilishicha, oilaning ikki yoshli farzandi Model X ichiga kirib olib, o‘z onasini garaj devoriga tirab qo‘ygan, deb xabar beradi Forum Daily.

Mazkur hodisa 2018-yilning 27-dekabrida sodir bo‘lgan.

Da’voga ko‘ra, noxush hodisa vaqtida Mellori Xarkortning sakkiz oylik homilasi bo‘lgan. Avariya oqibatida uning bir nechta suyagi singan va farzandi muddatidan oldin tug‘ilgan.

Mellori o‘z avtomobilini 23-dekabrda xarid qilgan. Uning ta’kidlashicha, ayol mashinani garaji oldidagi turargohda orqa eshigi ochiq holda qoldirgan. Bolakay eshik orqali mashinaga kirib, old o‘rindiqqa o‘tirib olgan. Ayol mashina oldidan o‘tayotganida mashina orqa eshigi ochiq holda oldinga harakatlanib, uni devorga qisib qo‘ygan. Qo‘shnilar yordamga yetib kelguniga qadar ayol shu ahvolda turgan.

Model X’da ishga tushirish tugmasi yo‘q, avtomobil elektron brelok belgilangan joyga yaqinlashganida harakatga keladi.

Da’vo arizasida ta’kidlashicha, Model X’ga bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha blokirovga himoyasi o‘rnatilishi kerak, pedallarni bosganda eshikni avtomatik ravishda yopadigan funksiya esa “mantiqsiz va ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi”.

Tesla da’voga izoh bermagan, biroq ularning ta’kidlashicha, tergov vaqtida hech qanday texnik nosozlik aniqlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют