» » BMW polshalik ikki mast xodim tufayli million yevro zarar ko‘rdi

BMW polshalik ikki mast xodim tufayli million yevro zarar ko‘rdi


Germaniyaning BMW konserni ikki nafar xodimi tomonidan alkogol va narkotikdan sarxushlik holatida konveyer faoliyati to‘xtatib qo‘yilganligi oqibatida million yevroga yaqin zarar ko‘rdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.

Hodisa 3-mart kuni yuz berdi. Myunxen zavodidagi avtomobillarni yig‘ish konveyeri 40 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi.

Polshalik ikki ishchi bu vaqtda alkogol va narkotikdan sarxush holatda ish o‘rnida bo‘lgan.

Ularni hamkasblari ko‘rib qolib, tez yordam chaqirgan. Ishchilarning qonida alkogol va amfetamin borligi aniqlangan.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, gap million yevroga yaqin zarar haqida bormoqda. Har ikkala ishchi zavoddagi lavozimidan ozod etilgan.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют