» » Zelenskiy NATO bosh kotibi bilan Donbassda Rossiya pasporti berilishini muhokama qildi

Zelenskiy NATO bosh kotibi bilan Donbassda Rossiya pasporti berilishini muhokama qildi


NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Donbass aholisiga Rossiya pasportini berish masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning bunday harakatlari Ukraina sharqidagi vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qilayotganiga misol bo‘la oladi.

Aprel oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugans xalq respublikalari aholisi uchun pasport olish tartibini soddalashtirgan va gumanitar maqsadda tegishli farmonni imzolagan edi. Ukraina hukumati esa bunday harakatlarni tanqid qilib, Donbass aholisining Rossiya pasportini noqonuniy deb topgan.

Rossiya IIV 3-iyun kuni yuqoridagi farmon imzolanganidan so‘ng Donbass aholisidan Rossiya pasportini olish istagini bildirgan minglab murojaatlar kelib tushganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют