» » Deputat Rasul Kusherboyev kunduzgi chiroqlar haqidagi qaror yuzasidan: “Hukumat takliflarimizni e’tiborsiz qoldirmadi, natijaga erishdik”

Deputat Rasul Kusherboyev kunduzgi chiroqlar haqidagi qaror yuzasidan: “Hukumat takliflarimizni e’tiborsiz qoldirmadi, natijaga erishdik”


Deputat Rasul Kusherboyev O‘zbekistonda avtomobillarning kunduzgi chiroqlarini yoqib yurish talabi 2 yilga kechiktirilgani haqidagi hukumat qarori yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

“Kunduzgi chiroqlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini o‘qiyapman. Xullas hukumat takliflarimizni e’tiborsiz qoldirmadi, natijaga erishdik. Hammani tabriklayman”, — deb boshlanadi post.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi 460-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kunning yorug‘ vaqtida avtomotransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmaganligi uchun javobgarlikni yengillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi, deyiladi postda.

Kusherboyev qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasi doim ham taklif ishlab chiqishda deputatlar bilan hamkorlik qilish haqida o‘z qarorida alohida ko‘rsatavermaydi. Bu ish ko‘pchilik qatori deputatlarning ham e’tirozlarini inobatga olib, bunday qarorga kelinishi mohiyatida xalq vakillarining fikri ham alohida ahamiyatga ega ekanligining yaqqol namunasi bo‘libdi, deb yozadi deputat.

“Javobgarlikni yengillashtirish haqida gap ketarkan, deputat sifatida boshdanoq pozitsiyamni bildirib o‘tmoqchiman: kelgusida mazkur qoidabuzarlik uchun (agar shunday bo‘lsa) haydovchilar bilan profilaktik tartibda ishlab, umuman jarimaga tortmaslik. Chunki zamonaviy O‘zbekistonda huquqbuzarlik va qoidabuzarlikni oldini olishda profilaktika ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunday emasmi?” — deya fikriga yakun yasagan Kusherboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют