» » Ronalduning het-triki Portugaliyani Millatlar Ligasi finaliga olib chiqdi (video)

Ronalduning het-triki Portugaliyani Millatlar Ligasi finaliga olib chiqdi (video)


UEFA Milllatlar Ligasi musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan ilk bahsda Portugaliya terma jamoasi 5-iyun kuni Shveysariya termasi bilan bahs olib bordi.

Bellashuvda Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 3 ta gol urib (25, 88 va 90-daqiqalarda) jamoasini musobaqa finaliga olib chiqdi. Shveysariyaliklarning yagona javob goli 57-daqiqada penaltidan urildi. Unga Rikardo Rodriges mualliflik qildi.

Shu tariqa Portugaliya musobaqa finaliga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi bellashuvida Niderlandiya terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Millatlar Ligasi

Yarim final bahsi

5-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 – 25 Ronaldu, 1:1 – 57, penalti Rodriges, 2:1 – 88 Ronaldu, 3:1 – 90 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe (Fonte, 63), Gerreyru, Nelson Semedu, Diash, Ruben Nevesh, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Moutinyo, 90), Joau Feliks (Gedesh, 70), Ronaldu.

Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Mbabu, Akanji, Jaka, Froyler (Drmich, 89), Suber (Shteffen, 83), Zakariya (Fernandesh, 71), Shaqiri, Seferovich.

Ogohlantirish: Jaka (66), Sher (68), Shaqiri (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют