» » Suriyaliklar Isroil uchuvchisiz uchar qurilmasini urib tushirdi

Suriyaliklar Isroil uchuvchisiz uchar qurilmasini urib tushirdi


Suriya 20-mart, dushanba kuni mamlakat janubi-g‘arbida Isroil uchuvchisiz uchar qurilmalaridan birini urib tushirdi. Bu haqda “Al-Mayadin” telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Razvedka qurilmasi Al-Qunaytra viloyatida Suriya havo hududini buzib o‘tgandan so‘ng harbiylar tomonidan urib tushirildi.

Qurilma Skylark markasidagi uchuvchisiz uchar qurilma bo‘lib, uning og‘irligi yetti kilogrammga yaqin. U 1,2 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi.

17-mart kuni Isroil Harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriyadagi marralarga zarba berish davomida zenit raketalari tomonidan o‘qqa tutilgan edi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют