» » Astronomlar osmonda kamyob turdagi bulutlar paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Astronomlar osmonda kamyob turdagi bulutlar paydo bo‘lishini ma’lum qildi


Moskva planetariyasi faqat tunda ko‘rish mumkin bo‘lgan kumush bulutlar mavsumi boshlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Kumush bulutlarni faqatgina yoz mavsumida, iyun—iyul oylarida Shimoliy yarimsharda, 45—70 daraja geografik kenglikda kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda bulutlar 55 dan 65 daraja kenglik oralig‘ida ko‘rinadi. Diqqat bilan kuzatuvchilar ularni har yili kuzatadi, biroq har yili ham aniq-tiniq ko‘rinavermaydi”, — deyiladi xabarda.

Kumush bulutlar atmosferaning yuqori qatlamlarida, 80—90 kilometr balandlikda suv bug‘i, past harorat (Selsiy bo‘yicha -100 daraja) hamda yetarli darajadagi mayda changlar omili natijasida paydo bo‘ladi. Quyosh nurining ushbu kristallarga tushishi bulutlarga ko‘k rang beradi.

Olimlarning hisoblashicha, bu turdagi bulutlarning paydo bo‘lishiga 1883-yilda Krakatau vulqonining otilishi sabab bo‘lgan, chunki 1885-yilga qadar kumush bulutlar kuzatilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют