» » Rossiyalik prodyuser Bari Alibasov tirik, ammo og‘ir holatda

Rossiyalik prodyuser Bari Alibasov tirik, ammo og‘ir holatda


Rossiyalik taniqli prodyuser Bari Alibasov keyingi uch kunni og‘riq qoldiruvchi preparatlarda o‘tkazadi. Bu haqda “Na-Na” guruhining sobiq a’zosi Vladimir Levkin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Shundan keyin operatsiya yoki boshqa choralar haqida gap bo‘lishi mumkin”, — dedi Levkin.

72 yoshli Alibasov Sklifosovskiy nomli institut jonlantirish bo‘limiga stakanlarni almashtirib, tasodifan sharbat o‘rniga quvurlarni tozalash uchun mo‘ljallangan suyuqlikni ichib yuborganidan so‘ng tushib qoldi. Shifokorlar unga oshqozon va nafas yo‘llari kuyishi tashxisini qo‘ygan.

Prodyuser og‘ir holatda, ammo mustaqil nafas olmoqda. Oldinroq ijtimoiy tarmoqlar va kanallarda Bari Alibasov vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют