Tramp Gollivud aktrisasi bilan janjallashib, uni telba deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahfasida Gollivud aktrisasi Bett Midlerni haqorat qildi. U aktirisani telba deb atab, Tramp aytmagan gapni adashib unga tegishli degani uchun kechirim so‘rashga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan.
Midler 3-iyun kuni Twitter’da post qoldirib, unda respublikachilar partiyasining 98 foizi ahmoq ekanligi ta’kidlangan jumlani Trampga tegishli ekanligini aytgani uchun o‘quvchilardan kechirim so‘ragan.
“Bu Trampning gapirish uslubiga shunchalik o‘xshash edi-ki, men buning rostligiga ishonibman”, — degan aktrisa.
Keyinroq yana bitta post qoldirib, undan olingan gaplarni har doim tekshirish kerakligini aytgan. “Aksariyat qismi Trampning o‘zi tomonidan yaratilgan yolg‘onlar shunchalik ko‘pligidan haqiqitni yolg‘ondan ajratib olish juda qiyin”, — degan aktrisa.
Aktirsa va qo‘shiqchi Bett Midler 73 yoshda bo‘lib, to‘rt marta “Oltin globus” va uchta “Gremmi” mukofotini olgan va ikki marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
- отсутствуют
- отсутствуют