» » Ukrainaliklarning 50 foizdan ortig‘i NATOga a’zo bo‘lishni qo‘llab-quvvatlamoqda

Ukrainaliklarning 50 foizdan ortig‘i NATOga a’zo bo‘lishni qo‘llab-quvvatlamoqda


NATOga a’zo bo‘lishni 50 foizdan ortiq ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu haqda Reyting ijtimoiy guruhi tomonidan 5-iyun kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijalari guvohlik bermoqda.

Unga ko‘ra, Ukrana aholisining 62 foizi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga ovoz bergan, 22 foizi bunga qarshi chiqqan. Ularning 53 foizi NATOga qo‘shilish tarafdori, 31 foizi esa bunga qarshi fikrda.

Bundan tashqari, so‘rovnomada ishtirok etganlarning uchdan ikki qismi Ukraina tiliga yagona davlat tili maqomini berish istagida, 21 foizi rus tilini davlat tili sifatida e’tirof etish tarafdori, yana 11 foizi esa unga rasmiy maqom berilishini xohlamoqda.

So‘rovnomaga ko‘ra, 65 foiz ukrainalikalar Rossiyani tajovuzkor davlat deb hisoblamoqda, 27 foiz aholi esa bunga qarshi fikrda. Bunda ularning 60 foizi Donbassdagi urush muammolarini diplomatik yo‘l bilan hal etishni xohlamoqda.

Faqat 5 foiz aholigina okkupatsiyalangan yerlarning butunlay ajralib chiqishshi tarafdori. Boshqa tomondan, aholining 18 foizi Donbassning butun hududi bo‘ylab Ukraina hukumati tiklangunicha urush davom ettirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ushbu so‘rovnoma 2019-yilning 29-mayidan 3-iyunga qadar shaxsiy yuzma-yuz suhbat (face-to-face) shaklida o‘tkazilgan. So‘rovnomada 18 yosh va undan katta bo‘lgan 2000 nafar Ukraina fuqarolari ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют