» » “Tayyor tur”: Mukofotsiz qolib ketgan bitta plandagi qisqa metrajli film (video)

“Tayyor tur”: Mukofotsiz qolib ketgan bitta plandagi qisqa metrajli film (video)


Britaniyalik rejissor Sharlott Regan “Tayyor tur” (Standby) nomli qisqa metrajli film suratga oldi. Film ikki politsiyachi – tajribali Geri va uning yosh yordamchisi Jenni haqida, deb yozadi TJournal.

Kinokartinaning antiqaligi shundaki, kamera anjomlar paneliga o‘rnatilgan bo‘lib, film oxiriga qadar o‘z rakursini o‘zgartirmaydi.

Komediya janridagi film 6 daqiqadan biroz qisqaroq bo‘lishiga qaramay, bu kabi personajlar orasida yuzaga keladigan deyarli barcha munosabatlarni – tanishishdan mojaro keltirib chiqarishgacha, birgalikdagi quvonch va qayg‘ularni o‘z ichiga oladi.

“Tayyor tur” filmi birinchi marta Torontodagi xalqaro festivalda namoyish etildi. 2017-yilning yanvar oyida kinokartina Britaniya kino akademiyasi va televideniyesi (BAFTA) mukofotining da’vogarlari ro‘yxatiga kiritildi, ammo sovrinsiz qoldi.

Sharlott Regan Londondagi Reyvensborn kollejida tahsil olganida bitiruv ishi sifatida “Tayyor tur” filmini suratga olgan. Mazkur kinokartina rejissorlik faoliyatini boshlayotgan Reganning birinchi ishi bo‘ldi. Film ustida 10 kun, syomkalar ustidan esa 2 kuni davomida ish olib borilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют