» » Tramp: KXDR rahbari hali ham AQSh bilan yadrosizlantirish bitimini imzolashga tayyor

Tramp: KXDR rahbari hali ham AQSh bilan yadrosizlantirish bitimini imzolashga tayyor


Tramp KXDR rahbari hali ham AQSh bilan Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bitimini imzolashga tayyor, degan fikrda. “TASS”ning yozishicha, bu haqda Donald Tramp 5-iyun kuni Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar bilan uchrashuvda jurnalistlar bergan savolga javob berganda aytgan.

Trampning o‘zi ham bu bitimni imzolash tarafdori ekanligini ma’lum qilib, “tegishli vaqtda u bilan uchrashuvni intizorlik bilan kutishini” bildirgan.

Singapurda 2018-yilda Tramp va Kim Chen In tarixda birinchi marta o‘tkazgan AQSh va KXDR sammiti yakunida hamkorlikda hujjat imzolangan edi. Unga ko‘ra, Vashington tomonidan xavfsizlikni ta’minlash kafolati evaziga Pxenyan Koreya yarim orolini yadrodan holi etish majburiyatini olgan edi.

Ikkinchi sammit 27— 28-fevralda Xanoyda bo‘lib o‘tgan, lekin unda hech qanday kelishuvga erishilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют