» » Janubiy Koreya partiyalari sobiq prezidentni pushaymon bo‘lish va tergov bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

Janubiy Koreya partiyalari sobiq prezidentni pushaymon bo‘lish va tergov bilan hamkorlik qilishga chaqirdi


Janubiy Koreya siyosiy partiyalari sobiq prezident Pak Kin Xeni sodir etgan jinoyatlari uchun pushaymon bo‘lish va ular uchun uzr so‘rashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Pak Kin Xe xalqi oldida chin dildan kechirim so‘rashi va barcha haqiqatni oshkor etishga va’da berishi lozim”, — dedi “Toburo” Demokratik partiyasi yetakchisi U San Xo. U sobiq prezident o‘zining avvalgi xulq-atvorini o‘zgartirib, tergov bilan hamkorlik qilishiga umid bildirdi.

“Pak Kin Xening prokuratura tomonidan so‘roq qilinishi, va nihoyat, mamlakatdagi siyosiy inqiroz va qarama-qarshiliklarga chek qo‘yishini istardik. U tergov bilan chin dildan hamkorlik qilishi lozim, chunki aynan u barcha muammolar sababchisidir”, — deya ta’kidladi “Parin” partiyasi vakili O Sin Xvan.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют