» » “Bu tartib fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga mutlaqo zid”. “Yuksalish” Toshkent propiskasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazmoqda

“Bu tartib fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga mutlaqo zid”. “Yuksalish” Toshkent propiskasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazmoqda


“Yuksalish” umummilliy harakati fuqarolar, biznes hamjamiyati, xorijdagi vatandoshlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikrlar va takliflarini o‘rganish maqsadida Telegram tarmog‘ida “Jamoatchilik fikri” kanalini ishga tushirdi.

Ushbu kanal orqali O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar, shuningdek, keng jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikri so‘rovlari o‘tkazib boriladi.

Mazkur kanaldagi ilk so‘rovlardan biri Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska bo‘yicha o‘rnatilgan tartib yuzasidan bo‘ldi.

Javob variantlari qatorida “Bu tartib bo‘lmaganida Toshkent shahri va viloyatida aholi soni keskin ko‘payib ketardi”, “Bu tartib fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga mutlaqo zid” va “Ushbu muammo tufayli malakali kadrlar markazga o‘rnasha olmay chet elga chiqib ketmoqda” kabi fikrlar keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют