» » Nursulton Nazarboyevga “Faxriy senator” belgisi va guvohnomasi topshirildi

Nursulton Nazarboyevga “Faxriy senator” belgisi va guvohnomasi topshirildi


Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga 6-iyun kuni Parlament Senatining majlisida “Faxriy senator” belgisi va guvohnomasi topshirildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

“Bugun Senat tarixida yana bir ajoyib kun. Senatning majlisida deputatlar bir ovozdan Nursulton Nazarboyevga “Faxriy senator” maqomini berish taklifini qabul qildi. Hurmatli Nursulton Abishevich, faxriy senator maqomini berish to‘g‘risidagi qaror, bizning davlatchiligimizning poydevorini yaratishda, butun dunyoda e’tirof etilgan mamlakatning strategik rivojlanish yo‘lini belgilab berishingizdagi mehnatlaringizni tan olinishi hisoblanadi. Ikki palatali parlamentni shakllantirishda sizning ijodiy hissangiz va mahoratingiz uchun senatorlar ning sizga bo‘lgan chuqur hurmat belgisini qabul qilsangiz”, — deydi Dariga Nazarboyeva.

30-may kuni Senat a’zolari “Faxriy senator” maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgach, Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining birinchi nutqida Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomini berish kerakligini aytgan edi. Senat raisi Dariga Nazarboyevaning ta’kidlashicha, byuro a’zolari ushbu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют